VendExpo 2019 ko‘rgazmasi
2019 yil vending texnologiyalari ko‘rgazmasi - Biz ham ishtirok etamiz!
25-27 mart kunlari “Hayotbaxsh suv” kompaniyasi Moskva shahrida o‘tkaziladigan VendExpo xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi! Bu Rossiyada vending faoliyatidagi asosiy yil hodisasidir! VendExpo - vending texnologiyalari, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish tizimlari va avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatish sohasidagi xalqaro ko‘rgazmadir.
2007 yildan beri o‘tkazilib kelayotgan ko‘rgazma bugungi kunga kelib Rossiya va MDHdagi sohaga oid asosiy tadbirlardan biridir. Har yili yetakchi Rossiya va xorijiy kompaniyalar ko‘rgazmada vending savdosi uchun uskunalar va butlovchi qismlarning, hamda tutash mahsulot va xizmatlarning keng ko‘lamini taqdim etib kelmoqdalar. Ko‘rgazmaning ish dasturi sohaning yetakchi kompaniya va mutaxassislari tajribasiga tayangan holda, ko‘proq amaliy ma’lumot berishdan iborat. Sizni bizning Krasnopresnen sohilidagi Ekspomarkazda B101 sonli stendimiz oldida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz! https://www.vendingexpo.ru/.